Xitoyning Ninbo shahridagi ishlab chiqarish markazida 10 soniyada olgan quvvati bilan besh kilometrgacha harakatlana oladigan elektrobus tayyorlandi. Bu haqda «24.kg»'ga asoslanib "Daryo.uz" xabar bermoqda.
Uzunligi 18 metr bo‘lgan elektrobus «Nanche» janubiy lokomotiv ishlab chiqarish korporasiyasining sho‘basi bo‘lmish Chjuchjou elektrovozlar kompaniyasi tomonidan tayyorlangan.
Yangi elektrobuslar uchun elektr uzatish liniyasi bo‘lishi shart emas, ularning harakatlanishi uchun har bir bekatda tez quvvat beruvchi moslamalarni o‘rnatish kifoya. Yo‘lovchilar tushib-chiqishiga ketadigan 30 soniya ichida akkumlyator quvvat olishga ulguradi va yana besh kilometrgacha yura oladi.
Bunday akkumlyatorni 1 million martadan ko‘proq qayta quvvatlantirish mumkin, elektrobus va akkumlyator 12 yil xizmat ko‘rsata oladi. Shuningdek, akkumlyator elektrobus qo‘zg‘alishi va to‘xtashi vaqtida to‘planadigan energiyaning 80 foizini qayta ishlay oladi, bu elektrni 30—50 foizga tejash imkonini beradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi