23:48 / 30.12.2016
13 134

Sergeli mashina bozori to‘rt kun ishlamaydi

Sergeli mashina bozori to‘rt kun ishlamaydi

Toshkentdagi Sergeli mashina bozori («Iste’molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori» kompaniyasi) to‘rt kun ishlamaydi.

Kompaniya tomonidan tarqatilgan bildirishnomaga ko‘ra, bozor kuzatuv kengashining 24 dekabrdagi bayonnomasiga asosan 2016 yilning 30—31 dekabr va 2017 yilning 1 yanvar kunlari sanitariya kunlari deb e’lon qilingan hamda Yangi yil bayrami munosabati bilan bu kunlarda bozor vaqtincha faoliyat ko‘rsatmaydi.

Daryo.uz‘ning yozishicha, sergeli mashina bozorida dushanba har doim dam olish kuni hisoblangan, shu sababli bozor 2 yanvar, dushanba kuni ham ishlamaydi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining 29 dekabrdagi farmoyishiga muvofiq, 2017 yilning 2 yanvari dam olish kuni deb e’lon qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Sergeli mashina bozori to‘rt kun ishlamaydi