2010 yildan 2016 yilgacha bozordagi narx tendensiyasini tahlil qilgan McKinsey kompaniyasi o‘tgan davr mobaynida akkumulyatorlar bahosi 80 foizga tushganini ma’lum qildi.
Hozir akkumulyator narxi uning kVt•soatiga bog‘liq. McKinsey konsalting kompaniyasining ekspertlari elektromobildagi batareyaning bir kVt•soati narxi 230 dollarga to‘g‘ri kelayotganiga urg‘u berdi. Bunga asoslanib, oddiy avtomobil va elektromobil bahosi orasidagi farq taxminan 14 ming dollarga tenglashganini hisoblash mumkin. Elektromobillarning o‘rtacha batareya sig‘imi 60 kVt•soatga teng.
Hozir, asosan, litiy-ionli batareyalar ishlab chiqarilmoqda. Soha ekspertlari kelasi o‘n yillikda kompaniyalar litiy-oltingugurtli akkumulyator ishlab chiqarishga o‘tishini bashorat qilyapti. Natijada batareyalarning sig‘imi ortadi, elektromobillarning bahosi pastlaydi, deb yozadi Carzone sayti. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?