11:04 / 27.05.2015
10 228

Toshkentda yo‘lovchilar oyoqsiz haydovchini ko‘rgani ma’lum qilindi

Toshkentda yo‘lovchilar oyoqsiz haydovchini ko‘rgani ma’lum qilindi

Facebook’dagi «Voditeli Tashkenta» guruhi a’zolaridan biri Toshkentda o‘zi o‘tirgan mashina haydovchisining oyoqlari yo‘qligidan hayratlanganini ma’lum qildi va tegishli fotosuratni taqdim etdi, deb xabar bermoqda Daryo.uz.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Matiz avtomobilida harakatlanuvchi bu inson kirakashlik bilan shug‘ullanadi. Guruhning boshqa a’zolari ham uning xizmatlaridan foydalanganini aytib, u avtomobilni ancha xavfsiz boshqarishi, bu ishni ko‘pchilik oddiy haydovchilardan yaxshi uddalashini e’tirof etgan. Qayd etilishicha, u oyoq bilan bajariladigan amallarni qilish uchun maxsus moslamadan foydalanadi.

Guruh foydalanuvchilari nogiron bo‘lishiga qaramay mehnat qilayotgani aytilgan bu insonning harakatlarini maqtovlarga ko‘mib tashlagan. Shuningdek, foydalanuvchilar shunga o‘xshash boshqa holatlarga ham guvoh bo‘lganini qayd etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Toshkentda yo‘lovchilar oyoqsiz haydovchini ko‘rgani ma’lum qilindi