GM Uzbekistan yaqin vaqt ichida ikkita yangi global avtomobil modellarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda GM Korea prezidenti va ijrochi direktori Serjio Rocha Seulda tashkillashtirilgan o‘zbek—koreys biznes forumida ma’lum qildi. Bu haqda «UzDaily»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.
«Jahon» axborot agentligi xabariga ko‘ra, Rocha bugun O‘zbekistonda zamonaviy avtomobillar, tejamkor dvigatellar va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish bo‘yicha uchta to‘laqonli, yuqori texnologiyalar bilan jihozlangan zavod tashkil etilganini e’tirof etgan.
«Biz dunyoning boshqa mamlakatlarida ikkitadan ko‘p avtomobil rusumlarini ishlab chiqarmaymiz. Ammo O‘zbekistonda 9 ta global avtomobil modellarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Kompaniya ikkita yangi global avtomobil modellarini ishlab chiqarish, GM Powertrain Uzbekistan negizida yanada kuchli avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish, O‘zbekistondagi avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqaruvchi 100 dan ortiq korxonalarni GM’ning global etkazib berish tarmog‘iga kiritish, avtomobil uzellari, ehtiyot qismlar, transmissiyalar, amortizatorlar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatlarni ishga tushirishni rejalashtirmoqda», — dedi Rocha. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring