16 134
GM Uzbekistan uch rusumdagi mashhur yangi zamonaviy avtomobillarni ishlab chiqarishni o‘zlashtiradi
O‘zbekiston va Janubiy Koreya avtomobilsozlik sohasida to‘qqizta loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «UzDaily»ga asoslanib «Kun» nashri xabar bermoqda.
O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Seulda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Koreya biznes forumi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Janubiy Koreya ishbilarmonlari avtomobil sanoatida to‘qqizta loyihani amalga oshirish bo‘yicha investisiyaviy shartnomalarni imzolashdi.
Loyihalarning narxi va shartnomalarning qiymati haqida batafsil ma’lumot berilmagan.
Qayd etishlaricha, ushbu shartnomalar doirasida GM Uzbekistan uch rusumdagi mashhur yangi zamonaviy avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Avvalroq GM Uzbekistan T250 (Aveo) modelidagi avtomobillarni ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi.
GM Powertrain Uzbekistan kompaniyasi esa yangi avlod avtomobil dvigatellari ishlab chiqarishni o‘zlashtiradi. Shuningdek, O‘zbekistonda avtomobil transmissiyalari va butlovchi qismlari ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi