7 740
«GM Uzbekistan» dilerlariga sotuv paytida qo‘shimcha tovarlarni majburlab sotish taqiqlandi
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi avtomobil sotuvchi dilerlar uchun mashina sotish davomida qo‘shimcha tovarlarni majburlab sotishni taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda «Uz24»ga asoslanib «Kun.uz» xabar bermoqda.
Qo‘mita bergan ma’lumotga ko‘ra, mashina sotib olmoqchi bo‘lgan iste’molchi buning uchun, yong‘inni o‘chiruvchi moslama, dori solinadigan quticha, «AvtoOlam» jurnali va shu kabi boshqa turdagi qo‘shimcha tovarlarni olish kerak bo‘lgan. Agar iste’molchi ularni olishdan bosh tortadigan bo‘lsa, dilerlar mashinani sotib olish bo‘yicha mijozlarga rad javobini berishgan.
Tashkilotning aniqlik kiritilishicha, ushbu masala yuzasidan e’tirozlar «GM Uzbekistan»ning qonuniy dilerlik vakillari ustidan kelib tushgan. Shikoyat xatida mazkur masala yuzasidan choralar ko‘rilishi so‘rab murojaat qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi