11:53 / 18.02.2015
7 224

O‘zbekiston kompaniyalari orasida Braziliyaga avtobutlovchi qismlarni birinchi bo‘lib UzChasys eksport qilgan

O‘zbekiston kompaniyalari orasida Braziliyaga avtobutlovchi qismlarni birinchi bo‘lib UzChasys eksport qilgan

O‘zbekiston avtomobilsozlik korxonalari orasida birinchi bo‘lib Braziliyaga avtobutlovchi qismlarni UzChasys kompaniyasi eksport qilgan.

Kompaniya marketing xizmati etakchi mutaxassisi Bahrom Ahmedovning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, kompaniya 2014 yil 14 iyulida mahsulotlari umumiy qiymati 155 ming dollardan ortiq bo‘lgan uchta konteynerni Braziliyaga jo‘natgan.

Ahmedovning qo‘shimcha qilishicha, hozirgi kunga qadar General Motors do Brasil Ltda’ning buyurtmasi bo‘yicha jami 15 konteyner mahsulot eksport qilingan.

Ma’lumot uchun, UzChasys kompaniyasi GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillar uchun fara va chiroqlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Avvalroq, “O‘zavtosanoat” kompaniyasi matbuot xizmati 2014 yil avgustidan UzSungWoo kompaniyasi ham Braziliyaga mahsulot eksport qilishni yo‘lga qo‘ygani haqida xabar bergandi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekiston kompaniyalari orasida Braziliyaga avtobutlovchi qismlarni birinchi bo‘lib UzChasys eksport qilgan