01:59 / 04.10.2016
8 125

Shohjahon Jo‘raev yangi imidji haqida: “Men kuylamoqchi bo‘lgan qo‘shiqlarga mo‘ylovli Shohjahon to‘g‘ri kelmas ekan”

Shohjahon Jo‘raev yangi imidji haqida: “Men kuylamoqchi bo‘lgan qo‘shiqlarga mo‘ylovli Shohjahon to‘g‘ri kelmas ekan”

Xonanda Shohjahon Jo‘raev imidjini o‘zgartirgani va o‘zining “tashrif qog‘ozi”ga aylanib qolgan mo‘ylovi bilan xayrlashganiga o‘z munosabatini bildirdi, deb xabar bermoqda «Darakchi» sayti.

“Bu haqda gapirsam, tarixi uzun. Bilasizmi, o‘zimga qolsa bu imidjda allaqchon ko‘rinish bergan bo‘lardim. Ammo ijodimni boshlagan yillarim istasam-istamasam, dadamga qiyoslovchilar ko‘p bo‘lgan. Mana o‘n yildirki, dadamning yo‘nalishida, ularning qo‘shiqlarini qayta kuylab ijod qildim, to‘plamlar yaratdim. Tan olishim kerak, shu kungacha sahnaga chiqqanimda men uchun emas, dadam uchun qarsak chalinardi, ya’ni ularning qo‘shiqlarini kuylaganim uchun. Ammo butun umr soyada yurishim to‘g‘ri emasligini yaxshi bilaman. Bugun dadamga munosib o‘g‘il ekanimni etarli darajada isbotladim. Endi ko‘rganlar kimningdir o‘g‘li emas, Shohjahon Jo‘raev deyishyapti. Sekin-sekin ikki yo‘nalishni qorishtirib, o‘zim istagan yo‘nalishga ham etib kelyapman. Aytmoqchimanki, aslida men yaratishni istagan qo‘shiqlar bugungi kunda jarang sochishni boshladi, prem’erasi kutilayotganlari ham bor. Men istagan yo‘nalishdagi qo‘shiqlarga esa mo‘ylovli Shohjahon to‘g‘ri kelmas edi. Shuning uchun imidijimga biroz o‘zgartirish kiritdik. Bugungi yaratadigan qo‘shiqlarim 35 yoshdan kichik bo‘lganlarga mo‘ljalangan. Rok-n-roll elementlari qo‘llanilayotgan yangi qo‘shiqlarimni eski shinavandalarim tushunmay qolishadimi deyman-da. Tez kunlarda yangi albomdan joy olgan “Go‘zalim” qo‘shig‘i efirlarga uzatiladi. Bu qo‘shiq milliy yo‘nalishda emas, u yoshlarbop janrda. Nima demoqchiligimni muxlislar qo‘shiqni tinglaganda bilib olishadi”,—deydi Shohjahon Jo‘raev.

Xonanda bilan to‘liq intervyuni “Darakchi” gazetasining payshanba kuni sotuvga chiqadigan 40-sonida o‘qishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shohjahon Jo‘raev yangi imidji haqida: “Men kuylamoqchi bo‘lgan qo‘shiqlarga mo‘ylovli Shohjahon to‘g‘ri kelmas ekan”