23:02 / 08.10.2016
9 598

Avaz Ohun yangi ijodiy kechasiga Obid Asomovni taklif etadimi?

Avaz Ohun yangi ijodiy kechasiga Obid Asomovni taklif etadimi?


So‘z ustasi Avaz Ohun yil hisoboti sifatida yangi dasturini o‘z muxlislariga havoli etish niyatida ekanligini ma’lum qildi. 17-20 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan dasturda nafaqat ichak-uzdi hazillarni, balki xushovoz xonanda Alijon Isoqovning dilkash qo‘shiqlarini ham tinglashingiz mumkin. Darvoqe, dasturda nafaqat qiziqchining hangomalri, balki xonandaning qo‘shiqlari ham to‘liq jonli ijro etiladi.

Odatda shou-biznes vakillari konsert berganda birinchi qatorlarda sana’tkorlarni ko‘rish mumkin. Biz Avaz Ohun ham ilk qatorlarni san’atkorlar bilan to‘ldirarmikan, deya qiziqdik. Avaz Ohunga ayni savol bilan murojaat etganimizda u shunday javob qildi. «Bilasizmi, men hali bu haqida o‘ylab ko‘rganim yo‘q. chiptalarim sotilyapti, menimcha. So‘ragan tanishlarga tarqatishim mumkin. Ammo,ilk qatorlarni shou-biznes vakillari bilan to‘ldirish niyatim yo‘q. Dasturimga hohlagan odam tushishi mumkin. Men halq uchun, muxlislarim uchun yangi dastur tayyorlamoqdaman. »

Avaz Ohundan o‘z hamkasblari bo‘lmish, so‘z ustalarini hususan Obid Asomovni ham alohida taklif etganmi yo‘qmi, deb ham qiziqdik. San’atkor bu savolimizga ham yo‘q deb javob qaytardi. «Konsertga hali erta hozircha rejada yo‘q. Bilmadim, hozir boshqa muhimroq ishlar bilan bandman» - dedi Avaz Ohun.

Manba: Diydoraziz.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Avaz Ohun yangi ijodiy kechasiga Obid Asomovni taklif etadimi?