15:25 / 09.10.2016
35 087

Davron Kabulovning turmush o‘rtog‘i bilan tushgan surati shov-shuvlarga sabab bo‘lmoqda

Davron Kabulovning turmush o‘rtog‘i bilan tushgan surati shov-shuvlarga sabab bo‘lmoqda

“Million” jamoasi a’zosi, jurnalist Davron Kabulov shu yil bo‘ydoqlar safidan chiqqan edi. Davron va E’zozaning visol oqshomlari 23 may kuni bo‘lib o‘tdi.

Kecha Kabulov ijtimoiy tarmoqlarga turmush o‘rtog‘i bilan tushgan navbatdagi suratini joylashtirdi. Uning ushbu surati avvaligilariga qaraganda ko‘proq muhokamaga sabab bo‘ldi, deyiladi "Qalampir.uz" xabarida. Kabulov surat ostiga shunday izoh qoldirgan.

“Yur. Ketamiz. Vaqt bo‘ldi. Etar shuncha mushtoqlik. Ketganda ham... Yaxshilar ko‘nglini havasga to‘ldirib, yomonlarning ko‘zlarini hasadga o‘ydirib ketamiz, yur?! Ortimizdan yaxshilik, quvonch va omadni ergashtirib yuramiz...

G‘am va darddan olislab,
Kuzdan bahorni izlab,
Baxt degan... yaqin bir manzilni ko‘zlab,
Odamlarga chin sevgi qudrati haqida so‘zlab...
Ketamiz. Yur?”

Bu bilan Davron Kabulovning nimaga sha’ma qilayotganini tushunish biroz qiyin. Agar uni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borayotgan va suratga izoh qoldirayotganlarning fikridan kelib chiqib munosabat bildirsak, bizningcha, Kabulov turmush o‘rtog‘i bilan sayohatga yo‘l olish uchun tayorgarlik ko‘rmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Davron Kabulovning turmush o‘rtog‘i bilan tushgan surati shov-shuvlarga sabab bo‘lmoqda