O‘zbek kino olami va shou-biznesining billur qizchasi Shahzoda Matchonova uni ozg‘in deya tanqid qilganlar uchun ijtimoiy tarmoqda javob qoldirdi. Bu haqda "Diydoraziz" sayti xabar berdi.
“Menga har doim ozg‘inligim haqida aytishadi. Odatda bunday gaplar ayollardan chiqadi. Yana bu ayollarning o‘zlari butun umr parhezda o‘tiradi. Albatta men bunday gaplardan xafa bo‘lmayman. Shaxsan menga mana shunday xushbichim bo‘lish yoqadi. Xudo meni shunday yaratgan, menga o‘zimning gavdam yoqadi va men o‘zimni hech qachon ovqatdan tiymayman. Men istagan narsamni eyman. Aytgancha, sevgan insonim meni shu holimcha sevib qolgan va hech qachon semirib ketmasligimni so‘raydi. Men o‘zim hech qachon birovlarga maslahat bermayman, ularni o‘qitmayman va tanqid qilmayman. Men uchun agar insonning qalbi chiroyli bo‘lsa, undagi barcha narsalar go‘zal bo‘ladi”,—deb yozdi Shahzoda o‘zining Instagram`dagi sahifasida. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?