23:06 / 25.10.2016
27 130

Oyxon Iforzoda farzand kutyapti

Oyxon Iforzoda farzand kutyapti

Kecha 24 oktyabr kuni teleboshlovchi opa-singillar Rayhon Ulasenova va Oyxon Iforzodalarning singlisi Zulayho Shahobiddinova turmushga chiqdi. Bu haqda shou biznesning bir qator vakillari qatorida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘anieva, “Sharq” guruhi ijodkorlari ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalari orqali xabar berishgan va ikki yoshni visol oqshomi bilan tabriklashgan.

“Qizlarjonlar, sizlarni xonadoningizdagi yana bir to‘y bilan tabriklayman. OLLOH buyuk baxt bersin”, deb yozadi Rayhon G‘anieva.

O‘zbekiston mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan nikoh oqshomiga shou-biznes olamining ko‘zga ko‘ringan vakillari tashrif buyurishdi.

Darvoqea, Rayhon G‘anieva joylashtirgan suratda Oyhon Iforzodaning homilador ekani ko‘rinib turibdi. Teleboshlovchi 2016 yilning 23 fevralida hamkasbi Shoh Alimovichga turmushga chiqqandi.

Shuningdek, ushbu suratda teleboshlovchi Rayhon Ulasenovaning 4 oylik qizalog‘i ham xolasining to‘yiga kelganini ko‘rish mumkin. Qizaloq 2016 yilning 25 iyunida dunyoga kelgandi.

Fursatdan foydalanib, Zamin.uz sayti nomidan Shahobiddinovlar oilasini shodiyona bilan tabriklaymiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Oyxon Iforzoda farzand kutyapti