21:26 / 12.11.2016
9 208

Doston Ubaydullaevning armon bo‘lgan orzusi Rahmatullaevning konsertida ushaldi

Doston Ubaydullaevning armon bo‘lgan orzusi Rahmatullaevning konsertida ushaldi

Ayni kunlarda “Istiqlol” san’at saroyida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullaevning navbatdagi yakkaxon konsert dasturi bo‘lib o‘tmoqda.

Xonandaning konsertini tomosha qilish va uni qutlash maqsadida ko‘plab muxlislari qatori shou-biznesning taniqli vakillari ham tashrif buyurmoqda. “Nihol” mukofoti sovrindori Doston Ubaydullaev ham hamkasbining konsertiga tashrif buyurib, Rahmatullaevning onasiga gul taqdim etdi.

Ayni holat tasvirlangan suratni Ubaydullaev ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasiga joylashtirarkan, marhum onasini xotirladi, o‘z konsertida onasiga gul taqdim etish nasib etmaganini aytdi.

“Onam olamdan o‘tib ketganlariga qariyb 23 yil bo‘ldi. Yaratgan rahmatiga olgan bo‘lsin. O‘zim konsert berganimda, onam yonimda bo‘lsalar, gul bersam, degan armonim bor edi. Bugun do‘stim Ulug‘bek Rahmatullaev menga bu imkoniyatni berdi. Do‘stimning onasiga gul berdim va bu orzum ushaldi. Do‘stimning onasi mening ham onam emasmi...”, deb yozadi Doston Ubaydullaev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Doston Ubaydullaevning armon bo‘lgan orzusi Rahmatullaevning konsertida ushaldi