12:32 / 13.11.2016
13 342

Aziza Niyozmetova kimga yuragidan joy bermoqchi?

Aziza Niyozmetova kimga yuragidan joy bermoqchi?

Iste’dodli xonanda Aziza Niyozmetova ijodining 25 yilligi munosabati bilan yubiley konsert o‘tkazishga qaror qildi. Garchi konsert 26-27 yanvar kunlariga belgilangan bo‘lsa-da, ko‘chadagi salqin havo uning muxlislari kayfiyatiga ta’sir etmaydi. Boisi, xonanda yakkaxon dasturi uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Dasturda nafaqat yangi, balki muxlislar qalbidan chuqur o‘rin egallagan qo‘shiqlar ham o‘rin olishi rejalashtirilmoqda.

— Jonli ijroda konsert berish niyatim bor edi. Ammo sozandalar tarkibi bilan bog‘liq muammolar sabab, ba’zi qo‘shiqlarni fonogramma orqali ijro etishga qaror qildim. Ammo konsert repertuarining asosiy qismini jonli ijroda kuylayman, — deydi xonanda Aziza Niyozmetova.

Xullas, qish faslining qahraton kunlarida Aziza Niyozmetova“Yuragimdan joy beraman, kelsangiz” deya ashaddiy muxlislarini “Istiqlol” san’at saroyi tomon chorlamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Aziza Niyozmetova kimga yuragidan joy bermoqchi?