9 319
«O‘zbeknavo»: Hazillari me’yordan oshib ketgani uchun «Million»ning lisenziyasi olib qo‘yilgan edi. Ular o‘z aybini tushunib etdi
«Million» qiziqchilar jamoasi lisenziyasi 2014 yil sentyabrida to‘xtatilgan edi. 2016 yil sentyabrida esa jamoa «O‘zbeknavo»dan lisenziyasini qaytarib olgani ma’lum bo‘ldi va ular yangi konsert dasturini taqdim etdi.
Jurnalist Feruz Muhammad «O‘zbeknavo» estrada birlashmasining maxsus ruxsatnoma (lisenziya) beruvchi tashkiliy boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Abduqahhorov bilan suhbatlashib, «Million»ning lisenziyasi o‘shanda nega olib qo‘yilganiga aniqlik kiritdi.
«‘Million’ qiziqchilar jamoasining lisenziyasi uch yilcha avval olib qo‘yilgani, yaqinda esa qaytarib berilganidan ko‘pchilik xabardor bo‘lsa kerak. Askiya, hazil-mutoyibaning o‘ziga yarasha qonun-qoidalari bor. Ularning hazillarida me’yordan oshib ketgan holatlar bo‘lgani uchun, jamoa lisenziyadan mahrum etilgan edi», — deydi Odiljon Abduqahhorov.
«Oradan salkam uch yil o‘tib, ular o‘z aybini tushunib etdi. Yaqinda ularning lisenziyasi qaytarildi, jamoa o‘zining navbatdagi konsertini taqdim etdi. Bu galgi konsertda hazillar milliy mentalitetimizdan kelib chiqqan holda sahnalashtirildi. Tomoshabinlar bu hazillarni, sahna ko‘rinishlarini yaxshi kutib oldi, deb o‘ylayman», — deya qo‘shimcha qildi «O‘zbeknavo» vakili. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!