22:19 / 25.11.2016
11 592

Shavkat Mirziyoyev o‘zbek san’atiga hissa qo‘shayotgan iste’dod soxiblarini sanab o‘tdi

Shavkat Mirziyoyev o‘zbek san’atiga hissa qo‘shayotgan iste’dod soxiblarini sanab o‘tdi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev 24 noyabr kuni Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashgani haqida avval xabar bergandik.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan ma’ruza qildi.

O‘z nutqi davomida Shavkat Mirziyoyev Toshkent milliy madaniyat va san’atiga hissa qo‘shayotgan iste’dod soxiblarini sanab o‘tdi, deyiladi Darakchi nashrida.

“Buyuk san’atkorlar – Mulla To‘ychi Toshmuhamedov, Yunus Rajabiy, Mannon Uyg‘ur, Abror Hidoyatov, Shukur Burhonov, Karim Zokirov, Qudrat Xo‘jaev, G‘ani A’zamov, Zikir Muhammadjonov, Botir Zokirov, Ergash Karimov kabi o‘nlab, yuzlab iste’dod sohiblari madaniyatimiz tarixida yorqin iz qoldirganini barchamiz yaxshi bilamiz.

Hozirgi kunda O‘zbekiston xalq artistlari – Po‘lat Saidqosimov, Rixsixon Ibrohimova, Yayra Abdullaeva, Elyor Nosirov, Afzal Rafiqov, Gulchehra Jamilova, Farruh Zokirov, G‘ulomjon Yoqubov, Malika Ibrohimova, Xayrulla va Yodgor Sa’dievlar, Lutfulla Sa’dullaev, Ismoil Jalilov, Dilbar Ikromova, Gavhar Zokirova, O‘zbekiston xalq hofizi Hasan Rajabiy, taniqli kinorejissyor Zulfiqor Musoqov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar – Mahmud Ismoilov, Hojiakbar Komilov, Gulchehra Sa’dullaeva, Fatxulla Ma’sudov, Abduraim Abduvahobov, Abdulla Shomag‘rupov, Rashid Xoliqov, Tohir Sodiqov kabi iste’dod sohiblari faol ijod qilib kelmoqda.

O‘zbek zamonaviy tasviriy san’ati rivojiga O‘zbekiston xalq rassomlari Chingiz Ahmarov, Malik Nabiev, O‘rol Tansiqboyev, Rahim Ahmedov, Jaloliddin Mirtojiev kabi marhum san’at ustalari buyuk hissa qo‘shdilar. Atoqli rassom va haykaltaroshlarimiz Javlon Umarbekov, Bahodir Jalolov, Vladimir Burmakin, Ilhom Jabborov, Akmal Ikromjonov, mashhur xalq ustasi Ortiq Fayzullaevlarning ijodi haqida har qancha faxrlanib gapirsak, arziydi. ”

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shavkat Mirziyoyev o‘zbek san’atiga hissa qo‘shayotgan iste’dod soxiblarini sanab o‘tdi