19:42 / 26.11.2016
10 982

Shou-biznesdagi taniqli oilalardan birida o‘g‘il farzand dunyoga keldi

Shou-biznesdagi taniqli oilalardan birida o‘g‘il farzand dunyoga keldi

Bugun, 26 noyabr kuni “Sharq” guruhi a’zolari Sarvar Akbarov va Tatyana Zayseva o‘g‘il farzandli bo‘lishdi. Bu haqda radioboshlovchi Jamshid Hojiniyozov o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali xabar berdi va ijodkorlarni yangi mehmon bilan tabrikladi.

“Azizlarim, Sarvar va Tatyana, sizlarni uzoq kutilgan farzandingiz, o‘g‘lingizning dunyoga kelgani bilan tabriklayman. Sizga va farzandingizga sog‘liq, quvonch va nurli kelajakni tilaymiz. Umri, rizqi bilan bergan bo‘lsin, ilohim. Siz uchun xursandmiz! Hojiniyozovlar oilasi”, deb yozadi muallif.

Ma’lumot uchun, Sarvar Akbarov “Sharq” guruhini 2001 yilda do‘sti va kursdoshi Murod Rahmatullaev bilan tashkil etadi. Keyinchalik Sarvar guruh uchun ayol xonanda izlashni boshlaydi va Tatyana Zayseva 2008 yilda guruhga xonanda sifatida kirib keladi.

Sarvar va Tatyana bundan besh yil avval turmush qurishgan. Bu ularning birinchi farzandlari.

Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan Sarvar va Tatyanani farzandli bo‘lganlari bilan muborakbod etib, ona va bolaga mustahkam sog‘lik tilab qolamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shou-biznesdagi taniqli oilalardan birida o‘g‘il farzand dunyoga keldi