21:46 / 26.11.2016
18 437

Dilnoza Kubaeva yaqin dugonasi yo‘qligi, yangi hayot masalasi va o‘g‘lining otasi haqidagi savollari borasida to‘xtaldi

Dilnoza Kubaeva yaqin dugonasi yo‘qligi, yangi hayot masalasi va o‘g‘lining otasi haqidagi savollari borasida to‘xtaldi

Aktrisa Dilnoza Kubaeva bolaligi, oilasidagi ahvol haqida hikoya qildi deyiladi "Daryo" nashrida. Jurnalistning kinodagi qahramonlar aktyorlarni tarbiyalaydi, sizga ham ta’sir o‘tkaza olgan rollar bo‘lganmi qabilidagi savoliga Kubaeva shunday javob berdi:

«Rollarimning barini o‘zimdan olaman. Bolaligim oddiy o‘tmagan. Ancha-muncha kinoga tatiydigan lahzalar bor unda. ‘Kelgindi kelin’ eslang, ‘Allo, dadajon…’ deb boshlanuvchi lavha bor-ku, ana shu o‘zimniki. Tarbiyalagan rollarim esa asosan teatrda. ‘Andishali kelinchak’dagi Olmaxon misol uchun, hamisha qo‘li ko‘ksida, kulib turadi, ‘Xo‘p bo‘ladi’, deydi doim. Egilganingiz sari yuzaga chiqasiz, Olmaxondan shularni o‘rganaman. ‘Quyoshni sen uyg‘otasan’, ‘Ogoh bo‘ling, odamlar’dagi rollarim esa shukr qilishga undaydi».

-Dilnoza Kubaeva «Er bermoq — jon bermoq 2»da nega Ulug‘bek Qodirov o‘ynamayapti, deb Rustam Sa’diev bilan tortishganini aytdi

«Har bir oilaning o‘ziga yarasha past-balandliklari, yaxshi-yomon kunlari bo‘ladi. Bu haqda gapirishni xohlamasdim… Kichikligimdan boshqalarga qo‘shilolmasdim, bir chekkada qimtinibgina turadigan qizaloq bo‘lganman. Maktabga ham borishni istamasdim. Har bir voqea-hodisani o‘ylayverardim, ‘Nega bu shunday?’ deb. Tan olaman, qiyinchilikda o‘sganmiz. Lekin hammasi uchun shukr qilaman. Chunki mana shularning barchasi bugun rollarimda ifodasini topayapti. Agar qiyinchilik ko‘rmay ulg‘ayganimda balkim bugungi darajaga erisha olmagan bo‘larmidim…», — deb hikoya qildi aktrisa.

Suhbat davomida Dilnoza Kubaeva yaqin dugonalari, hamkasblari yo‘qligini tan oldi.

«Ishonch bildiraverib, pand eyaverib, o‘zimni salgina orqaga torta boshladim. Juda ishonuvchan edim. Kimgadir yaxshilik qilsam, ertaga o‘zimga qaytadi derdim-da. Hozir bo‘lsa ehtiyotkorman. Oilada bir qizman, uch ukam — qalqonim. Kezi kelganida onamga ham aytolmaganlarimni qaniydi singlim yo opamdek inson bo‘lsa-yu u bilan dardlashsam, derdim. Ammo uchrata olmadim shundayini. Oxiri onajonim, o‘g‘il bola bo‘lsa ham, jigarlarimdan qo‘ymasin, deydigan bo‘ldim. Ukalarim har qancha singildan ham a’lo. ‘Opajon, nima istayapsiz, qanaqasiz?’ deb ko‘nglimga qarashadi. Shukr, bugun o‘g‘lim tog‘alari safiga qo‘shilib, himoyachilarim to‘rtta bo‘lishdi».

-Dilnoza Kubaeva: Nega faqat bizni siquvga olaverishadi?

Keyinroq jurnalist Dildora Yusufbekova aktrisaga shunday savol bilan murojaat qildi: shaxsiy hayotga jiddiyroq e’tibor berish vaqti kelmadimikin?

«Niyat qilganimdek insonni hali uchratganimcha yo‘q. Men o‘zidan kechib sevadigan insonman. Kimgadir ko‘ngil bersam, undan ham shuni istayman. Vaqt-soati bilan bo‘ladi. Orzularim ko‘p», — deb aytib o‘tgan Kubaeva o‘g‘lining otasi haqidagi savollari borasida ham to‘xtaldi.

«Ikkimiz otasi haqida ko‘p suhbatlashamiz. Ishonasizmi, har safar ‘Dadang bunday derdi, mana bu ishni yaxshi ko‘rardi’ desam, go‘yo o‘g‘limning qanotlari yozilib, uchishga shaylanayotgandek tuyuladi menga. Ko‘zgu oldida uzoq qolib ketadigan odati paydo bo‘lgandi, ‘Otang, erkak kishi o‘ziga ko‘p oro berishi kerak emas, derdi’, deganimdan so‘ng o‘zgardi».

-«Kechikkan hayot»dagi obrazidan qoniqmagan Dilnoza Kubaeva «Baron»dagi rolidan xavfsiraganini qayd etdi

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Dilnoza Kubaeva yaqin dugonasi yo‘qligi, yangi hayot masalasi va o‘g‘lining otasi haqidagi savollari borasida to‘xtaldi