15 283
«Ummon»chi Zohidning vafot etgani haqida Telegram’da tarqatilgan xabarlar rad etildi
Telegram messenjerida «Ummon» guruhi a’zosi Zohid Rixsiev avtohalokatga uchrab, vafot etgani haqida xabarlar tarqatildi.
Tarqatilgan xabarlarda Zohid Rixsiev 30 noyabr kuni soat 11:30 da avtohalokatga uchragani va vafot etgani yozilgan.
Telegram’da tarqatilgan xabarlar qanchalik haqiqatga yaqin ekanini bilish maqsadida, jurnalist Feruz Muhammad «Ummon» guruhining ma’muri Doniyor Alimuhamedovga murojaat qildi.
E’tiborli tomoni, Telegram’dagi xabarlarga ilova qilingan suratlarda boshqa bir xonanda — Alijon Isoqovning yo‘l-transport hodisasiga uchragan mashinasi aks etgan (bu YTH haqida avvalroq xabar berilgan edi).
«Bu mish-mish bir necha kundan beri Telegram’dagi guruhlarda aylanib yurganidan xabarimiz bor. Xudoga shukr, ‘Ummon’ guruhidagi barcha yigitlar sog‘-salomat. Telegram’da tarqatilgan xabarlar uydirmadan boshqa hech narsa emas», — dedi «Ummon» guruhi ma’muri. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan