10 706
Konstitusiya bayramida final qo‘shig‘ini kuylash baxtini Gulsanam, Ozodbek, Yulduzdan Sevara ilib ketdi
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova katta sahnalarga qaytgani, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda qo‘shiq kuylashi haqida xabar berilgan edi.
Mazkur xabardan so‘ng ko‘plab muxlislar orasida qarama-qarshi fikrlar paydo bo‘ldi. Usmonova katta sahnalarni tark etguniga qadar bayram tadbirlarining final qo‘shig‘ini kuylab chiqqan. Xalq uning ishtirokini, kuylaydigan qo‘shig‘ini intizorlik bilan kutardi, kiygan libosidan tortib, lab bo‘yog‘igacha muhokamalarga sabab bo‘lardi.
Yulduz Usmonovadan so‘ng bu o‘rinni O‘zbekiston xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov va Gulsanam Mamazoitova egallagan edi. Bir gal bu baxt Nazarbekovga nasib etsa, boshqa safar Mamazoitova do‘ndirardi.
San’at beshafqat, muxlis ham. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 24 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda final qo‘shig‘ini kim kuylashi haqida bahs-munozaralar yaqin-yaqingacha tinmayotgan edi. Ammo bu baxt na Mamazoitovaga, na Nazarbekovga va na qaytishi shov-shuvlarga sabab bo‘lgan Usmonovaga nasib etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi bayram tantanalarining final qo‘shig‘ini kuylash O‘zbekiston xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxonga nasib etdi. Yugurganniki emas, buyurganniki, deb shuni aytishsa kerak.
Darvoqe, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova 2006 yil aprel oyida “Vodiy sadosi” radiosida radioboshlovchi Feruza Abdurahmonova bilan suhbatda Sevara Nazarxonning ovozi va qo‘shiqlarini keskin tanqid qilib, uni xalq qo‘shiqlarini o‘g‘rincha kuylab chiqishdi, mualliflik huquqini buzishda ayblagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi