Lisenziyasi olib qo‘yilganidan so‘ng telekanallarda kamnamo bo‘lib qolgan xonanda Lola Yo‘ldosheva shaxsiy hayoti, xususan, turmush o‘rtog‘i bilan ajrashishi haqidagi savollarga javob berdi.
«Turmush o‘rtog‘im bilan ajrashganimning sababi ― ish emas. Bu erda boshqa shaxsiy sabablar mavjud. Qo‘shiqlar esa chalg‘ishning bir usuli edi. Turmush o‘rtog‘im bilan 2011 yilda ajrashganmiz. Hozirda ikkalamiz alohida, boshqa-boshqa oilalarda yashayotgan bo‘lsak-da, do‘stona munosabatlarni saqlab qolganmiz. Farzandlarimizdan hech narsani yashirmaganmiz, ularning barcha savollariga javob berib, kattalarning fe’l-atvori bir-biriga to‘g‘ri kelmasa hayotda shunday vaziyatlar bo‘lib turishini tushuntirganmiz», ― deydi xonanda.
Lola, shuningdek, kelajakda turmush o‘rtog‘i, ko‘p farzandlari, umuman olganda, katta oilasi bo‘lishini orzu qilishini ham aytib o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin