Aktyor Umid Iskandarov rafiqasi Renata Iskandarova bilan ajrashgani haqida mish-mishlar tarqalgan, biroq aktyor bunday gap-so‘zlarni inkor etib kelayotgan edi, deb yozadi «Darakchi.uz».
Bugun Umid Iskandarovning rafiqasi Renata Iskandarova tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Aktyor rafiqasini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali tabrikladi. Umid Iskandarov she’riy tabrigida rafiqasiga hammaning xush ko‘rgan insoni, kimdir uchun esa eng sevimli bo‘lishni, g‘am chekmaslik va baxtli kunlarni unutmaslikni tilagan.
Renata Iskandarova mazkur tabrikka javoban “Rahmat, Umid, ta’sirli she’r uchun!”,—deb yozib qoldirgan.
Renataning yaqin dugonasi, aktrisa Shahzoda Matchonovaning tabrigi e’tiborimizni tortdi. Mazkur tabrikda Shahzoda Renataga hayotida uni butun qalbi bilan sevadigan inson bo‘lishini tilagan.
“Mening qadrli insonim! Bizning qo‘g‘irchog‘imiz, tug‘ilgan kuning bilan! Hayoting o‘zing kabi chiroyli bo‘lsin! Har doim hayotdan mamnun, yorqin va samimiy tabassum qiluvchi inson bo‘l! Hayotingda butun qalbi bilan seni sevadigan inson bo‘lsin!”,—deb yozdi Shahzoda Matchonova. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»