16:53 / 16.12.2016
9 463

«Eng yaxshi xorijiy film» yo‘nalishida «Oskar»ga da’vogarlar yakuniy ro‘yxati e’lon qilindi

«Eng yaxshi xorijiy film» yo‘nalishida «Oskar»ga da’vogarlar yakuniy ro‘yxati e’lon qilindi

«Eng yaxshi xorijiy film» yo‘nalishida «Oskar»ga da’vogar filmlarning yakuniy ro‘yxati e’lon qilindi, deb yozadi «Daryo» nashri.

Ushbu yo‘nalishda «Tanna» (Avstraliya), «Bu shunchaki oxir zamon» (Kanada—Fransiya), «Mening erim» (Daniya—Germaniya), «Toni Erdmann» (Germaniya), «Kommivoyajyor» (Eron), «Qirolning tanlovi» (Norvegiya), «Jannat» (Rossiya) va «Uvening ikkinchi hayoti» (Shvesiya) va «Qovoqcha hayoti» (Shveysariya) filmlari g‘oliblikka da’vogarlik qilmoqda.

2016 yilda Kinoakademiyaning chet tilidagi eng yaxshi film mukofotiga talabgor 85 ta film ilgari surilgan edi.

«Oskar» mukofoti nomzodlari 2017 yilning 24 yanvarida e’lon qilinadi. Mukofotlarni topshirish marosimi 26 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Eng yaxshi xorijiy film» yo‘nalishida «Oskar»ga da’vogarlar yakuniy ro‘yxati e’lon qilindi