10 762
Yangi yil tuhfasi sifatida Xonanda Lola o‘g‘li Diyorga Messining butsalarini sovg‘a qildi
Xonanda Lola ikkinchi farzandi Diyor uchun Messining butsalarini sovg‘a qildi. Bu haqda qo‘shiqchi Instagram sahifasida yozib qoldirdi va Diyorning «Barselona» formasidagi suratini unga ilova qildi.
«Yangi yil bizning sevimli bayramimiz, unda orzular ro‘yobini ko‘rish mumkin», — deb izoh qoldirdi Lola. Uning qayd etishicha, oila Messining butsalarini orziqib kutgandi.
«Biz Messining butsalarini shu qadar kutgandikki, Diyor mana uchinchi kundirki ular bilan uxlaydi, ovqatlanadi. Xattoki, butsaning bog‘ichlarini taqib olishni ham o‘rgandi. Bolalarimizning ko‘zlarida quvonch bo‘lsa kifoya, boshqa hech narsa kerak emas» — deb so‘ziga yakun yasagan Lola.
Avvalroq Lola o‘z intervyularidan birida Diyorning «Paxtakor» futbol maktabiga borishi haqida aytib o‘tgandi. Endi esa uning «Barselona» va Messining muxlisi ekani oydinlashdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
Timur Kapadze Malayziya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?