16:25 / 06.01.2017
14 652

Om Purining vafoti Bollivud yulduzlarining ko‘z yoshiga sabab bo‘ldi

Om Purining vafoti Bollivud yulduzlarining ko‘z yoshiga sabab bo‘ldi

Bugun, 6 yanvar kuni tongda Mumbaydagi uyida jonsiz holatda topilgan aktyor “Gandi”, “Disko o‘yinchisi”, “Lazzat shahri” kabi qator filmlardagi obrazlari bilan muxlislar qalbidan joy olgan edi. O‘zbekistonlik tomoshabinlar uni “Qaynota” filmidagi roli orqali yaxshi taniydilar.

Uning vafoti munosabati bilan hamkasblari, qolaversa, Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi, mamlakatdagi qator siyosatchilar aktyorning oila a’zolariga hamdardlik bildirdilar, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

Ayni soatgacha, Twitter ijtimoiy tarmog‘i Bollivudning eng mashhur yulduzlari tomonidan aktyor haqida bildirilgan iliq so‘zlar, xotiralar, ta’ziyalar bilan to‘lib ketdi.

Mashhurlar uning kutilmaganda vafot etganidan hayratda ekanliklarini yashirishmayapti.

Madxuri Dikshit:
- Ajoyib aktyor Om Purining vafoti haqida eshitib, juda xafa bo‘ldim. Uni yaxshi ko‘rardim. Joyingiz jannatdan bo‘lsin.

Shohruh Xon:
- Yaratganning bog‘i juda go‘zal bo‘ladigan bo‘ldi. U har doim yaxshilarni chaqirib oladi. Berlinda umumiy brend ostida ishlagandik. Sizni sog‘inib qolaman. Joyingiz jannatdan bo‘lsin.

Abxishek Bachchan:
- Om Purining o‘limi haqida eshitib, xafa bo‘ldim. U bilan ko‘plab filmlarda birga ishlaganman va undan ko‘p narsalarni o‘rganganman. Noyob iste’dod sohibi edi.

Priti Zinta:
- Om Purining o‘limi haqida eshitish naqadar ayanchli. Yaratgan oilasiga ega sabr bersin.

Amitabh Bachchan:
- Om Purining biroz avval vafot etganini eshitib hayratga tushdim. Aziz do‘st, maftunkor hamkasb, benazir iste’dod sohibi edi. Chuqur qayg‘udaman!

Priyanka Chopra:
- Bir davrning oxiri... Uning merosi yashaydi. Joyingiz jannatdan bo‘lsin, Om Puri.

Sidhart Malxotra:
- Haqiqatan ham ijro mahorati ser Om Purining o‘limi haqida eshitish qayg‘uli. Hayolim va duolarim uning oilasi bilan bo‘ladi.

Anushka Sharma:
- Iste’dod va universallik namunasi. Om Puri juda ko‘plab qahramonlarni hayotga ko‘chirgan. U ko‘plab aktyorlar uchun ilhom manbai bo‘ladi. Ilohim joyi jannatdan bo‘lsin.

Anil Kapur:
- Aktyor, ustoz, do‘st va buyuk qalb egasi. O‘z ishiga muhabbat bilan, qalbi esa beg‘uborlik bilan to‘lgan inson. Biz uni sog‘inamiz.

Jaklin Fernandes:
- Bugun biz afsona bo‘lgan insonni yo‘qotdik. Om Puri sizning Hindiston kinosiga qo‘shgan hissangiz unutilmaydi.

Aliya Bxatt:
- Ser Om Purining o‘limi haqida eshitib, qayg‘uga botdim. U o‘zining katta yuragi bilan hind qinosining bir bo‘lagi edi. Haqiqatan ham bu bir davrning yakuniga etishidir.

Rishi Kapur:
- Joying jannatda bo‘lsin. Biz seni sog‘inamiz, Om Puri.

Karan Joxar:
- Ajoyib aktyor, filmografiya yulduzi, buyuk iste’dod sohibi, joyingiz jannatdan bo‘lsin, Om Puri. Haqiqatan ham kino olami yorqin aktyoridan judo bo‘ldi.

Akshay Kumar:
- Om Purining vafoti haqida eshitish naqadar og‘ir. U bilan qator filmlarda hamkorlikda ishlagandik. Uning oilasiga chin dildan ta’ziya bildiraman.

Anupam Kxer:
- Men Om Purini 43 yildan beri taniyman. Men uchun hamisha buyuk aktyor, qirol hamda ko‘ngli ochiq inson bo‘lib qoladi. U ana shu so‘zlar bilan yodga olinishi kerak.

Ma’lumot uchun, Om Puri 1950 yilning 18 oktyabrida Xaryana shtati Ambala shahrida tug‘ilgan. U Hindistonning kino va televidenie institutini, shuningdek, Milliy drama maktabini tamomlagan.

Aktyorning kino olamidagi debyut roli 1975 yili “O‘g‘ri, ko‘zdan yo‘qol” filmidan boshlangan.

Shundan so‘ng u Bollivudning qator filmlarida bir-biridan ajoyib rollarni ijro eta boshlagan. Aktyor hind filmlari bilan birgalikda Britaniyaning qator seriallarida ham rol ijro etgan. 2004 yili u Britaniya kino sanoatiga qo‘shgan hissasi uchun yuksak mukofot bilan taqdirlangan. 1990 yili esa Padma Shri mukofotini qo‘lga kiritgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Om Purining vafoti Bollivud yulduzlarining ko‘z yoshiga sabab bo‘ldi