Amerikaning Los-Anjeles shahridagi «Beverli Xilton» mehmonxonasida «Oltin globus» kinomukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi «Daryo» nashri.
«Oltin globus» mukofotini «Eng yaxshi komediya yoki myuzikl» yo‘nalishida «La-La Lend» (La La Land) filmi qo‘lga kiritdi. Shuningdek, ushbu kartina eng yaxshi rejissyorlik ishi, eng yaxshi ssenariy, musiqa va original qo‘shiq yo‘nalishlarida ham mukofotlarga ega bo‘ldi.
Bundan tashqari, Rayan Gosling va Emma Stoun mazkur filmda ijro etgan bosh rollari uchun mukofotga loyiq deb topildi.
«Oy nuri» (Moonlight) eng yaxshi dramatik film deb topildi. «Eng yaxshi dramatik aktyor» yo‘nalishida «Manchester» (Manchester by the Sea) filmida bosh rolni ijro etgan Keysi Afflek g‘olib bo‘ldi. Izabel Yupper esa «U» (Elle) filmidagi roli uchun eng yaxshi dramatik aktrisa deb tan olindi.
Eng yaxshi dramatik serial «Toj» (The Crown) bo‘ldi. «Eng yaxshi animasion film» yo‘nalishida mukofotni «Hayvonlar mamlakati» (Zootopia) multfilmi qo‘lga kiritdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?