Bugun, 9 yanvar kuni “Bayram” guruhi sozandasi Ravshan Hojiakbarov 44 yoshida vafot etdi. Bu haqda Qalampir.uz sayti xabar berdi.
Xabar qilishlaricha, Yangi yil bayramidan so‘ng Ravshan Hojiakbarovning qon bosimi tushib ketgan. Sozanda insultga chalinib, Olmaliqdagi shifoxonaga yotqizilgan. Chap oyoq-qo‘linini ishlatolmay qolgan Hojiakbarovning ko‘p o‘tmay sog‘lig‘i tiklana boshlagan. Shifokorlar esa kelasi hafta uni jonlantirish bo‘limidan palataga olishlarini ma’lum qilishgan. Biroq bugun bemorning joni uzilgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, ayni damda Ravshan Hojiakbarovning jasadi shifoxonada. Janoza esa ertaga, 10 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi aytilmoqda.
Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan Ravshan Hojiakbarovning oila a’zolari yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi