8 134
“Golos. Deti” tanlovi g‘olibi: kelajakda Berkeley kollejiga o‘qishga kirishni va “Gremmi” yutishni xohlayman
Rossiyaning “Birinchi kanal”ida bo‘lib o‘tgan “Golos. Deti” musiqiy tanlovining g‘olibi, o‘zbekistonlik xonanda Sabina Mustaeva kelajakda Berkeley kollejiga o‘qishga kirishni va “Gremmi” yutishni xohlashini ma’lum qildi, deb yozadi Kun.uz.
“Ayni paytda ko‘pchilik konkurslarga yoshim tufayli ishtirok eta olmayman. Hozircha men maktabda o‘qishni davom ettiraman, keyingi yilda to‘qqizinchi sinfni bitiraman. Umuman olganda, men Berkeley kollejiga o‘qishga kirishni istayman. U Bostonda joylashgan bo‘lib, uni mashhur jaz ijrochilari bitirgan. Bu mening asosiy maqsadim; undan tashqari, “Gremmi” mukofotini yutib olishni ham istardim”, – dedi 15 yoshli qo‘shiqchi Super resursiga bergan intervyusida.
Shuningdek, Mustaeva ustozi va rahbari Maksim Fadeevning professionalligini, ko‘p qirrali inson ekanligini ta’kidlab o‘tdi: “U juda yaxshi inson, u hatto o‘zi kostyumlarni qidiradi, repertuar yaratishimizda yordam beradi. U bilan ishlash qiziq”. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan