15:30 / 05.06.2015
10 409

«Farxod va Shirin» konsertidagi soxta chiptachilar qo‘lga olindi

«Farxod va Shirin» konsertidagi soxta chiptachilar qo‘lga olindi

Farhod va Shirin dueti 3—4 iyun kunlari «Istiqlol» san’at saroyida ikki kunlik konsert dasturini taqdim etdi. Bu haqda «Sayyod.com»ga tayanib «Daryo» nashri xabar berdi.

Nomi-yu, ijodi romantikadan iborat juftlikning konserti ikki kun odamlar bilan to‘ldi.

Dasturning ikkinchi kuni odamlar qalbaki chiptalar bilan kirib kela boshlagan va bir joyga da’vogarlar ko‘payib, tushunmovchiliklar sodir bo‘la boshlagan. «Sayyod.com» bergan xabarga ko‘ra, shunday soxta chipta sotayotganlardan bir ayol ushlangan va soxta chiptachilar ham aniqlangan.

Qora rangdagi qalbaki chiptalarda konsert kuni ham noto‘g‘ri ko‘rsatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Farxod va Shirin» konsertidagi soxta chiptachilar qo‘lga olindi