21:13 / 16.02.2015
17 543

Aktrisa Zarina Nizomiddinovaning turmushi buzilishi mumkin

Aktrisa Zarina Nizomiddinovaning turmushi buzilishi mumkin

Shu kunlarda o‘zining turli kinokartinalardagi mahoratli yaratilgan obrazlari bilan tanilgan aktrisa va xonanda Zarina Nizomiddinovaning turmushi buzilayotganligi haqida shov-shuvlar tarqaldi. Bu haqda «12news.uz»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.

Manbada qayd etilishicha, Zarinaga yaqin bo‘lgan, ism-sharifi sir tutilishini istagan aktrisalardan biri bu xabarni tasdiqlagan. Shov-shuvga o‘ch ayrim internet nashrlarida faoliyat yuritayotganlar ham aktrisaning turmushi buzilayotganligini, bunga xiyonat sabab bo‘lganligini elon qilgan.

«Jurnalistlik kasbi axloq-odobi va prinsiplariga ko‘ra, biz bu xabar hali rasman tasdiqlangan fakt emas, shunchaki taajjubli savol ekanligini bildiramiz. Yaqin kunlarda bu savolga oydinlik kiritishga urinib ko‘ramiz», deyiladi manbada.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Aktrisa Zarina Nizomiddinovaning turmushi buzilishi mumkin