10 321
Variety: “Karib dengizi qaroqchilari” filmining beshinchi qismini tasvirga olish jarayonlari Avstraliyada boshlab yuborildi
Avstraliyaning Kvinslend shahrida “Karib dengizi qaroqchilari” filmining yangi – beshinchi qismini tasvirga olish jarayonlari boshlandi, deb xabar berdi Variety nashri'ga asoslanib Kun.uz. Yangi filmda aktyor Jonni Depp yana Jek chittak rolini ijro etadi. Bu gal Deppning qahramoni aktyor Xaver Bardem ijrosidagi Salazar kapitani boshchilik qiladigan qaroqchi-ruhlarni mag‘lub etish uchun dengiz xudosi Poseydonning uch ayrili nayzasini qidirishi kerak bo‘ladi.
Filmning to‘liq nomi “Karib dengizi qaroqchilari: murdalar ertak aytmaydilar” deb ataladi. Bu franshiza uslubidagi filmga aktyor Orlando Blum ham qaytadi, u yana Uill Terner rolini ijro etadi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Blum ijrosidagi qahramonning o‘z o‘g‘li bilan munosabatlari yangi filmning markaziy mavzularidan biri bo‘ladi. Uill Ternerning o‘g‘li rolini Brenton Tueytes ijro etadi.
Filmga Jerri Brukxaymer prodyuserlik, “Kon-Tiki” filmi orqali tanish bo‘lgan Xoakim Ronning va Espen Sandberglar rejissyorlik qiladi. “Karib dengizi qaroqchilari” filmining yangi qismi 2017 yilning 7 iyulida ekranlarga chiqariladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan