Keyingi yillarda Andijon viloyatida turizmning «Tanishtiruv», «Mehmonxona xizmati», «Tibbiyot», «Ekoturizm», «Sayohat», «Sport» kabi o‘ziga xos turlari anchagina rivojlanmoqda.
Ayni vaqtda viloyatda mehmonxonalar soni 16 taga etgan. Shu kunlarda «Bog‘ishamol» va «Karvonsaroy» mehmonxonalarining foydalanishga topshirilishi kutilmoqda. Mehmonlar uchun «Onlayn» tarmog‘i orqali mehmonxona bilan bog‘lanish, uning qiziqishlari, talablari hisobga olinib, Andijonga kelguncha kerakli xona, sharoitlar, tanishtiruv xizmatini tashkil etish kabi tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buning uchun mehmonxonaning o‘z gidi, tilmochi, taomlarni taqdim qiluvchilari, transport vositalari mavjud.
«Biz evropalik turistlarni Buloqboshiga olib borib, Imomota qishlog‘ida mahalliy to‘y, «kelin salom», chaqaloqni ilk bor beshikka belash, «Ona allasi» kabi marosimlarni ko‘rsatganimizda, ular hayratda qolishdi. Chet ellik sayyohlarni milliy non tayyorlash, popuk to‘qish, kashta tikish, sopol buyumlar yasash kabi jarayonlar ham juda qiziqtirmoqda» deydi sayohlik sohasi mutaxassisi.
Shuningdek, Andijon davlat universiteti bazasida gidlar tayyorlovchi bo‘lim ochilgan va uni birinchi yilda 50 nafar talaba bitirgan. Andijon maishiy xizmat kollejida ochilgan maxsus guruhda yoshlarga restoranlarda nozikta’b mijozlar uchun dasturxon yozish va taomlar, ichimliklarni taqdim etish xizmati o‘rgatilmoqda.
Manba: www.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi