Ajariya Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegasiyasi sitrus mevalar eksporti imkoniyatlarini o‘rganish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Ajariya avtonom respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Ruslan Koridze hamda vazirlikning axborot maslahat departamenti boshlig‘i Karlo Keklidze tarkibdan o‘rin olgan Gruziya delegasiyasi sitrus mevalar eksporti imkoniyatlarini namoyish etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Sitrus mevalari har doim Gruziya faxri bo‘lib kelgan, dedi 28 sentyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Gruziya elchisi Konstantin Jgenti. So‘nggi yillarda hosilni yig‘ish, uni tashish va saqlash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga erishildi. Rossiya va Ukrainaga sitrus mevalar eksporti yo‘lga qo‘yildi, savdo-sotiq bo‘yicha yangi bozor va hamkorlarni qidirish bo‘yicha faol ish olib borilmoqda.
Ruslan Koridze so‘zlariga ko‘ra, oktyabr oyi so‘ngida sitrus mevalarni etkazib berish imkoniyatlari bilan o‘z joyida tanishish maqsadida O‘zbekiston tadbirkorlari uchun Ajariyaga biznes-tur tashkil etish rejalashtirilgan.
Manba: "gazeta.uz" “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi