Yaponiya ishbilarmon doiralari O‘zbekistondagi investision muhit va bozor salohiyatini o‘rganadi, deb yozmoqda "gazeta.uz" nashri.
10−11 oktyabr kunlari Yaponiya ishbilarmon doiralari delegasiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Yaponiya Tashqi savdoni rivojlantirish tashkiloti (JETRO) tomonidan uyushtirilayotgan tashrifdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistondagi investision muhit, iste’mol bozori salohiyatini o‘rganish hamda mamlakat kompaniyalari bilan uzoq muddatli aloqalarni o‘rnatishdan iborat.
JETROning Toshkentdagi vakolatxonasi xabariga ko‘ra, delegasiya tarkibidan qurilish materiallari, elektronika, elektr xo‘jalik texnikalari, oziq-ovqat sanoati, kanselyariya mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan kompaniyalar hamda Xalq iste’moli mahsulotlari eksporti agentligi (FMCG) vakillari o‘rin olgan.
Tashrif doirasida o‘zbek va yapon tadbirkorlari o‘rtasida kooperasion birja o‘tkazish belgilangan. Xuddi shunday marosim Toshkentda 2014 yilda ham bo‘lib o‘tgan edi.
Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi qoshida tashkil etilgan JETRO hukumat tashkilotining vakolatxonasi Markaziy Osiyoda faqatgina Toshkentda faoliyat yuritadi. Tashkilot 55 mamlakatda 74 ta xorijiy vakolatxonaga ega. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?