17:04 / 13.03.2015
6 538

Evro yozga qadar dollarga nisbatan arzonroq turishi mumkin

Evro yozga qadar dollarga nisbatan arzonroq turishi mumkin

2015 yilning yoziga evro dollar bilan tenglashib, Evropa valyutasining qariyb 15 yillik tarixida birinchi marta undan arzonroq turishi mumkin. Bunday fikr “Alpari” kompaniyasi tahlilchilari tomonidan bildirgan.

Ayni paytda xalqaro valyuta bozorida evro va dollar juftligi keskin kuchsizlangani sababli evro dollarga nisbatan kuchsizroq valyuta bo‘lib ko‘rinmoqda. Mutaxassislarning fikricha, bu dollarning xalqaro valyuta bozorida kuchli mustahkamlangani sababli yuz bergan. Ayni paytda 1 evro 1,0600 dollardan pastroq narxda sotilmoqda. Ko‘pchilik tahlilchilarning fikricha, yaqin oylar ichida bu ikki asosiy valyutalar narxi tenglashadi, ya’ni 1 evro 1 dollar turadi.

“Alpari” kompaniyasining katta tahlilchisi Anna Bodrovaning aytishicha, bunga Evropa markaziy banki (EMB)ning aktivlarni sotib olish dasturi 2016 yil sentyabrdan keyin ham uzaytirilishi mumkinligi haqidagi izohlari ham sabab bo‘lmoqda.

“EMB rahbari Mario Dragining ta’kidlashicha, rag‘batlantirish dasturining samarasi Evrohudud iqtisodiyotida ancha sezilmoqda, kreditlash bozoridagi sharoitlar ham yaxshilangan. Bu, to‘g‘risini aytganda, hozircha yaqqol ko‘rinmayapti. Balki Dragi vaziyatga boshqacha ko‘z bilan qarayotgandir? Aktivlarni sotib olish dasturi 9 mart kuni boshlandi, u har oy 60 mlrd dollarni tashkil qiladi”, deb aytdi Bodrova.

Bodrovaning ta’kidlashicha, evroga EMB va AQSh Federal zaxira tizimi stavkalari orasidagi sotish va sotib olishga eng yaxshi narxlar orasidagi farqning oshishi ham o‘z bosimini o‘tkazmoqda.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Evro yozga qadar dollarga nisbatan arzonroq turishi mumkin