14:20 / 26.11.2016
6 476

YotaPhone ishlab chiqaruvchisi 5 oyda $8 mln zarar ko‘rdi

YotaPhone ishlab chiqaruvchisi 5 oyda $8 mln zarar ko‘rdi

YotaPhone‘ni ishlab chiqish va tayyorlash bilan shug‘ullanadigan YotaDevices kompaniyasining joriy yilning aprel-sentyabr oylari davomida ko‘rgan zarari qariyb 8 million (7,8) dollarni tashkil qildi, deb yozmoqda Terabayt sayti.

Mazkur moliyaviy zarar kompaniyaning bozordagi ulushi tushib ketganidan emas, balki YotaDevices va uning investorlari ishlab chiqariladigan qurilmalarning kelajakda tan narxini kamaytirishga xizmat qiladigan muhim omillar – targ‘ibot, savdo va logistikaga katta miqdorda mablag‘ ajratgani tufayli yuzaga kelgan.

Yaqinda YotaDevices e’lon qilgan hisobotda, jumladan, navbatdagi qurilma – YotaPhone modeli haqida ham so‘z boradi. Hisobotda yozilishicha, yangi model 2017 yilda namoyish etiladi va faol ravishda Xitoy bozorida sotilishni boshlaydi. Shu yilning Xitoyning China Baoli kompaniyasi YotaDevices firmasiga qarashli aksiyalarning 30%ni xarid qilgan va uning aksiyadorlaridan biriga aylangan. Xitoylik firma kelgusida YotaDevices‘ning 64,9% aksiyalarini sotib olib, uning boshqaruvini qo‘lga olish maqsadida.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » YotaPhone ishlab chiqaruvchisi 5 oyda $8 mln zarar ko‘rdi