16:04 / 08.12.2016
8 186

Endi tadbirkorlar munosib himoya qilinadi

Endi tadbirkorlar munosib himoya qilinadi

Oliy Majlik Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi davomida duputatlar iqtisodni erkinlashtiradigan, xususiy mulk va tadbirkorlar manfaatini himoya qiladigan bir necha qonun loyihasini ishlab chiqishdi, deb xabar qilmoqda "Diydoraziz" nashri.

O‘zbekiston prezidentining 5 oktyabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qonunni amalga oshirish maqsadida Oliy Majlik deputatlari yangi qonun loyihasi ishlab chiqmoqdalar. Xususan, yangi qonun loyihasi, birinchi bor qonun buzgan tadbirkorlarni turli jinoiy va ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish, o‘z faoliyatini ro‘yxatdan o‘tmagan holda boshlagan tadbirkorlarni javobgarlika tortmaslik, tadbirkorlarni lisenziyasidan mahrum qilish holatlarini bekor qilish kabi huquqiy normalarni o‘z ichiga olgan. Shuningdek, tadbirkorlarni himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Jinoyat kodeksi, Ma’muriy qoidabuzarliklar kodeksi, Soliq kodeksi va boshqa bir necha qonunlarga ham taaluqli o‘zgarishlar kiritilishi rejalashtirilgan.

Deputatlar “Nafaqa bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi, “Lizing to‘g‘risida”gi qonun, “Tadbirkorlik faoliyatining erkinliklari va kafolati to‘g‘risida”gi, “Intellektual mulk to‘g‘risida”gi va “Alohida faoliyat turlarini lisenziyalash to‘g‘risida”gi qonunlarga ham o‘zgarishlar kiritishni rejalashtirgan.

Ushbu o‘zgarishlar intellektual mulk egalarini himoya qilishi, halol raqobatni ta’minlashi, tovar belgilarini ro‘yxatga olishi kabi tadbirkorlikning muhim yo‘nalishlarini himoya qilishga qaratilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Endi tadbirkorlar munosib himoya qilinadi