23:31 / 17.12.2016
7 873

O‘zbekiston rossiyaliklarning Yangi yil dasturxoniga meva-sabzavotlar etkazib beradi

O‘zbekiston rossiyaliklarning Yangi yil dasturxoniga meva-sabzavotlar etkazib beradi

"Xolidey" kompaniyalari guruhiga kiruvchi "Port" kompaniyasi O‘zbekistondan xo‘l meva etkazib berish bo‘yicha shartnomani imzoladi, deb xabar qildi Sputnik agentligi.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, umumiy qiymati bir million dollarga teng meva-sabzavotlar dekabr oyi oxirida Rossiyaga jo‘natiladi va Yangi yil arafasida rossiyaliklar ulardan bahramand bo‘lishlari mumkin. 2017 yilda kompaniya O‘zbekistondan haftasiga 150 tonnadan meva va sabzavotlarni import qilishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yil hisobida O‘zbekiston xorijga 700 tonna qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport qilgan, yil oxiriga qadar bu ko‘rsatkich bir millionga etkazilishi nazarda tutilgan.

"Xolidey" kompaniyasi Sibirdagi eng yirik oziq-ovqat eksporti bilan shug‘ullanuvchi riteyllardan biridir. Kompaniya filiallari Sibir Federal okrugining ettita regionida joylashgan. Ushbu regionlarda esa gipermarket, supermarket singari turli formatlardagi 484ta do‘kon faoliyat yuritadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston rossiyaliklarning Yangi yil dasturxoniga meva-sabzavotlar etkazib beradi