21:26 / 25.12.2016
6 209

Xitoy valyutasining qadrsizlanishi smartfonlar narxini oshirishi mumkin

Xitoy valyutasining qadrsizlanishi smartfonlar narxini oshirishi mumkin

Xitoy valyutasi yuanning AQSh dollariga nisbatan kursi joriy yilda 6,5 yuandan 7 yuangacha tushib ketdi. Mazkur valyutaning keyingi kuchsizlanishi smartfonlar (boshqa mahsulotlarning ham) narxiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin, deb yozmoqda Terabayt sayti.

Nashrning ma’lum qilishicha, hatto Xitoyning o‘zida ishlab chiqariladigan smartfonlarga qarashli ehtiyot qismlar va boshqa zaruriy komponentlar chetdan xarid qilinadi, to‘lov esa AQSh dollarida amalga oshiriladi. Shuning uchun yuanning qadrsizlanishi tabiiy ravishda mamlakatda tayyorlanadigan mahsulotlar narxining oshishiga olib keladi.

Xitoydagi yirik smartfon ishlab chiqaruvchilar keyingi yilda qurilmalarning narxi ko‘tarilishi haqida buyurtmachilarni hozirdanoq ogohlantirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Xitoy valyutasining qadrsizlanishi smartfonlar narxini oshirishi mumkin