19:10 / 30.12.2016
6 588

Ronaldu Evropaning eng ko‘p haq to‘lanadigan yulduzlari reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi

Ronaldu Evropaning eng ko‘p haq to‘lanadigan yulduzlari reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi

AQShning Forbes jurnali Evropaning eng yuqori haq to‘lanuvchi yulduzlari reytingini tuzdi. Gastrollar va reklama shartnomalari bo‘yicha 110 million dollar ishlab topgan One Direction guruhi (Britaniya) reyting boshiga keldi, deb xabar beradi «Daryo» nashri.

Ikkinchi o‘rinni Krishtianu Ronaldu egalladi — «Real» yulduzining daromadi 88 million dollarni tashkil qildi. Uchlikka esa 80,5 million dollar ko‘rsatkich bilan xonanda Adel yakun yasadi.

Keyingi pog‘onalarni shveysariyalik tennischi Rojer Federer (68 million dollar), Britaniyaning The Rolling Stones guruhi (66,5 million dollar) shotlandiyalik dijey Kelvin Xarris (63 million dollar) zabt etdi.

Bundan tashqari, birinchi o‘nlikka Britaniyaning The Beatles guruhi sobiq yakkaxoni Pol Makkartni (56 million dollar), serbiyalik tennischi Novak Jokovich (56 million dollar), Irlandiyaning U2 guruhi (55 million dollar) hamda britaniyalik oshpaz Gordon Ramzi (54 million dollar) kirdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Ronaldu Evropaning eng ko‘p haq to‘lanadigan yulduzlari reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi