AQSh milliy valyutasi – dollar kursi 14 yillik eng yuqori natijani qayd etdi. Mamlakat sanoat sektorining noyabr oyidagi faolligiga doir ma’lumotlar kutilganidan ham yaxshiroq ekani ma’lum bo‘lgach, 3 yanvardagi savdolarda shunday ko‘rsatkich qayd etildi. Jahonning asosiy olti valyutalari (evro, iena, funt sterling, Kanada dollari, Shveysariya franki, shved kronasi)ga nisbatan nisbatini ko‘rsatuvchi indeks 103,82 punktga ko‘tarilgan, deya yozadi Kun.uz sayti. Bundan avval, 2002 yil dekabrida shunday natija qayd etilgan edi. Bunga, shuningdek, AQShdagi qurilish sohasidagi xarajatlar so‘nggi 10,5 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichga etgani haqidagi xabarlar ham turtki bo‘lgan.
Shu bilan birga, Etkazishlarni boshqarish institutining xabar qilishicha, sanoat mahsulotlari narxlari ham kutilganidan ziyoda bo‘lgan. Ma’lumotlar e’lon qilingach, evro kursi 1,0342 dollargacha pasaygan. Bu 2003 yil yanvaridan beri ilk marta kuzatilayapti. Britaniya funtining dollarga nisbatan kursi 1,22 dollarni tashkil etgan. Ta’kidlash joizki, dollar poygasi AQSh prezidentlik saylovidan buyon davom etmoqda.
FZT – Federal zaxira tizimining qayta moliyalash stavkasini ko‘tarishi dollar o‘rnini mustahkamladi, xolos. Shu bilan bir vaqtda, neft kotirovkalari qulashi qayd etildi. Brent navli neftning bir barreli 2,99 dollarga arzonlashib, 55,39 dollarni tashkil etgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi