Amerikaning tez ovqatlanish muassasalari tarmog‘i hisoblangan McDonald’s Xitoydagi restoranlarining 80 foizini sotishga qaror qildi. Kompaniya Xitoy va Honkongdagi biznesining 80 foizini Citic va Carlyle Group kabilardan tarkib topgan konsorsiumga sotish bo‘yicha kelishuvni imzoladi. Bu haqda manbalarga asoslanib Kun.uz sayti xabar bermoqda.
Citic Limited, Sitic Capital Holdings, The Carlyle Group va McDonald's Corporation hamkorlikda Xitoy va Honkong hududida franchayzer vazifasini bajaruvchi kompaniyasiga asos soladi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun 20 yil muddat ajratilgan. Citic biznesning 52 foiziga egalik qiladi, Carlyle — 28 foiz ulushga ega bo‘ladi. McDonald's 20 foiz aksiyalarni o‘zida saqlab qoladi.
Bitim qiymati 2,08 mlrd dollarni tashkil etadi. McDonald's Xitoyda sifatsiz mahsulotlardan foydalanilganiga oid mojarolardan so‘ng, Morgan Stanley bankiga murojaat qilib, Xitoy, Honkong va Janubiy Koreyadagi 2,8 ming restoranini sotishda amaliy yordam so‘ragan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi