12:47 / 21.04.2015
7 432

2015 yilning ilk choragida dunyo bo‘yicha alyumin ishlab chiqarish hajmi 5,5 foizga o‘sdi

2015 yilning ilk choragida dunyo bo‘yicha alyumin ishlab chiqarish hajmi 5,5 foizga o‘sdi

2015 yilning birinchi choragida dunyo bo‘yicha alyumin ishlab chiqarish hajmi 2014 yildagi shu davrdagi ko‘rsatkichga (12,877 mln tonna) nisbatan 5,5 foizga, ya’ni 13,602 mln tonnagacha o‘sdi. Bunday ma’lumotlar International Aluminium Institute xalqaro tashkilotinning materiallarida keltirildi, deb yozadi Kun.uz.

Shimoliy Amerikadagi korxonalar hisobot davrida 1,124 mln tonna (3,2 foiz kamayish), Janubiy Amerikadagi korxonalar 327 ming tonna (27 foizga kamayish) alyumin ishlab chiqarishgan. G‘arbiy Evropa davlatlari joriy yilning 1-choragida alyumin ishlab chiqarish hajmini 4,8 foizga, ya’ni 894 ming tonnagacha, Markaziy va Sharqiy Evropa davlatlari esa 1,5 foizga, ya’ni 938 ming tonnagacha ko‘paytirishgan.

Xitoy yilning boshidan o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,9 foizga ko‘proq, ya’ni 7,205 mln tonnagacha, Osiyo davlatlari (Xitoydan tashqari) 699 ming tonna (19,5 foiz o‘sish), Okeaniya davlatlari 485 ming tonna (5,3 foizga kamayish), Fors ko‘rfazi davlatlari 1,247 tonna (16,1 foiz o‘sish), Afrika davlatlari 413 ming tonna (7,2 foiz kamayish) alyumin ishlab chiqarishgan.

2014 yilda dunyo bo‘yicha alyumin ishlab chiqarish hajmi 4,9 foizga kamayib, 53,057 tonnani tashkil qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » 2015 yilning ilk choragida dunyo bo‘yicha alyumin ishlab chiqarish hajmi 5,5 foizga o‘sdi