15:46 / 21.04.2015
7 598

“O‘zbekinvest” 2014 yilda 6,44 milliard so‘m sof foyda oldi

“O‘zbekinvest” 2014 yilda 6,44 milliard so‘m sof foyda oldi

“O‘zbekinvest” eksport-import milliy kompaniyasi 2014 yil yakunlariga ko‘ra, 6,44 milliard so‘m sof foyda oldi. Bu haqda Finance.uz'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

2014 sug‘urta xizmatlarini realizasiya qilishdan ko‘rilgan daromad 33,832 milliard so‘mdan oshib ketdi, sug‘urta to‘lovlari hajmi esa 12,652 milliard so‘mni tashkil etdi.

Kompaniya moliyaviy faoliyatidan olingan daromad hajmi 22,239 milliard so‘mni, moliyaviy faoliyat xarajatlari esa 13,124 milliard so‘mni tashkil etgan.

“O‘zbekinvest” aktivlari 2014 yilda 280,582 milliard so‘mga etdi, ularning 172,61 milliard so‘mi – uzoq muddatli aktivlardir.

Kompaniya ustav kapitali 3,453 milliard so‘mni tashkil etmoqda. Sug‘urta zaxiralari (sof qismi) 30,966 milliard so‘mga etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » “O‘zbekinvest” 2014 yilda 6,44 milliard so‘m sof foyda oldi