O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2015 yil 19 maydan boshlab valyuta operasiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun joriy etish maqsadida xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi, Deb yozadi Kun.uz.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari bir hafta oldingi kursga nisbatan 4 so‘m 85 tiyinga qimmatlashib, 2 ming 527 so‘m 58 tiyinni tashkil etdi. Evro yangi kursga ko‘ra, 2 so‘m 21 tiyinga qimmatlashib, qiymati 2 ming 831 so‘m 5 tiyinga teng bo‘lib turibdi.
Joriy hafta Rossiya rubli so‘mga nisbatan yana qimmatlashdi. 1 Rossiya rubli yangi kursga ko‘ra, 83 tiyinga qimmatlashib, 50 so‘m 54 tiyinga teng bo‘lib turibdi. Bir hafta avval 1 rubl miqdori 49 so‘m 71 tiyinni tashkil qilayotgan edi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi