11:54 / 30.05.2015
8 019

Neft narxi keskin ko‘tarilib ketdi

Neft narxi keskin ko‘tarilib ketdi

Neft narxi AQShda burg‘ilash qurilmalari haqidagi ma’lumotlar e’lon qilinganidan keyin keskin ko‘tarilib ketdi, deb yozadi Kun.uz.

29 maydagi savdolar paytida iyuldagi fyucherslar uchun Brent markasidagi neftning narxi 4,25 foiz ko‘tarilib, bir barrel uchun 65,53 dollarni, WTI markasidagi neftning narxi esa 4,39 foiz ko‘tarilib, bir barrel uchun 60,21 dollarni tashkil qildi.

AQShning Baker Hughes kompaniyasi statistik ma’lumotlariga ko‘ra, ishchi hafta davomida AQShdagi burg‘ilash qurilmalari soni 1,12 foizga kamayib, 875 donani tashkil qilgan. Yillik hisobda bu ko‘rsatkich 53 foizga kamayib ketgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Neft narxi keskin ko‘tarilib ketdi