11:40 / 05.06.2015
9 949

Alibaba asoschisi Jek Ma ilk bor Rossiyaga tashrif buyuradi

Alibaba asoschisi Jek Ma ilk bor Rossiyaga tashrif buyuradi

Dunyodagi eng yirik internet-maydonchalardan biri Alibaba asoschisi va Xitoyning eng badavlat odami Jek Ma ilk bor Rossiyaga tashrif buyuradi, deb yozadi kun.uz.

Ma 19 iyunda Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan xalqaro iqtisodiy anjumanda “Axborot texnologiyalaridan ma’lumotlar texnologiyasigacha: tijorat va savdo-sotiqning yangi davri” nomli onlayn-tadbirkorlikning kelajagi haqidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, 50 yoshli Jek Maning boyligi 29,7 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil qilmoqda. Hozirda unga Alibaba kompaniyasining 8,9 foiz aksiyasi tegishli bo‘lib, Ma o‘tgan yili Alibaba Group aksiyalari sotuvga chiqarilgandan keyin milliarderga aylandi. Aksiyalarning sotuvga qo‘yilishi jalb qilingan sarmoyalar miqdori bo‘yicha rekord ko‘rsatkichni qayd etdi – kompaniya 25 mlrd dollar jalb qilishga muvaffaq bo‘ldi. 2015 yil 3 iyunga kelib Alibaba Group'ning kapitalizasiyasi miqdori 225,87 milliard dollarni tashkil qilmoqda. Kompaniyaning 2014 yildagi tushumi 52,5 mlrd dollarni tashkil qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Alibaba asoschisi Jek Ma ilk bor Rossiyaga tashrif buyuradi