Homilador va emizikli ayollar soch to‘kilishidan shikoyat qilishadi. Agar sizni ham bu muammo tashvishga solsa, e’tiboringizga uy sharoitida qo‘llash mumkin bo‘lgan eng oson va samarali niqoblarni havola etamiz.
1. 50 gr. tabiiy xinaga biroz yog‘li qatiq qo‘shib aralashtiring, quyuq qorishma hosil bo‘lsin. Tayyor qorishmani suv bug‘ida ilitib, 2 ampula B6 vitaminidan qo‘shing va yaxshilab aralashtiring. Soch ildizlariga xinali niqobni surtib, sochiq yoki polietilen xalta bilan yarim soatga o‘rab qo‘ying. Niqobni iliq suvda yuvib tashlaysiz. Bu niqobdan haftada ikki marta foydalansangiz, sochlaringiz sog‘lom va jilokor bo‘ladi.
2. Bitta tuxum sarig‘ini sanchqi yordamida aralashtiring-da, ustiga 1 choy qoshiq o‘simlik yoki zaytun moyi va 2-3 osh qoshiq asal qo‘shib aralashtiring. Niqobni soch ildiziga surtib, 2 soatdan so‘ng iliq suvda chayasiz.
3. Yoki shunchaki tuxum sarig‘ini olingda, soch ildiziga surtib qo‘ying bu ham juda yaxshi samara beradi.
4. Sochni yuvib bo‘lgandan so‘ng moychechak, ittikanak, eman po‘stlog‘i, qariqiz tomiri, yalpiz, qizilpoycha, gazanda va shu kabi boshqa o‘simliklardan tayyorlangan damlamalardan birida chaying. Bu o‘simliklarni istalgan dorixonadan topishingiz mumkin.
5. Homiladorlik vaqtida sochlarni bolalar shampuni bilan yuvish tavsiya etiladi, uning tarkibida kimyoviy moddalar kam bo‘lib, sochga yomon ta’sir ko‘rsatmaydi.
6. Har kuni boshni 5-10 daqiqa uqalang. Shunda boshda qon aylanishi yaxshilanib, soch ildizlari mustahkamlanadi. Homiladorlik davrida sochlarni aslo bo‘yamang.
Manba: darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?