13:08 / 15.10.2016
14 903

Baxt ulashuvchi 8 odat

Baxt ulashuvchi 8 odat

Bu — ehtimol, sizning baxtli bo‘lish uchun qo‘ygan birinchi qadamlaringizdir. Quyidagi 8 odatni o‘zingizda ishlab chiqsangiz, ular sizni ancha baxtliroq his qilishga va hayot qiyinchiliklarini engishda yordam beradi:

1.Boshqalar siz haqingizda nima o‘ylashidan qayg‘urmang

Baxtli odamlar, salbiy fikrli odamlarni fikrlari o‘z kayfiyatlariga ta’sir qilishga yo‘l qo‘ymaydilar, ular qadr- qimmatlarini biladilar.

2. Har narsaga yaxshi tomondan yondashing

Har yomonda bir yaxshi bor, agar ijobiy tarzda vaziyatni ko‘rmasangiz, o‘zingiz buni yaratishga harakat qiling. Buni udala olmasangiz bu — siz uchun yangi tajriba bo‘ladi.

3. Har doim samimiy va minnatdor bo‘ling

Odamlarni Sizning ko‘rinishingiz yoki qayerdan kelib chiqishingiz qiziqtirmaydi. Ularga keragi, sizni hayotga qarashingiz va samimiyligingizdir.

4. Ko‘proq tabbasum qiling

Biz baxtli ekanligimiz uchun kulmaymiz, biz kulganimizdan baxtiyormiz (Uilyam Jeyms)

Tabbasum qilish va kulish baxtli odamlarning muhim xususiyati.Biz ko‘proq kim bilan vaqt sarf qilsak ularning kayfiyati bizlarga ta’sir qiladi va biz ularning kayfiyatiga qarab dunyoni shunday qabul qilamiz. Biz, ijobiy kayfiyat va optimist odamlar bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishimiz, hayotmizni yorqin ranglar bilan bezashimiz kerak.

5. Bu dunyoda hamma narsa mukammal emasligini biling

Perfeksionizmni o‘zimizda engish qiyin, lekin uni engishimiz zarur. Har bir narsa me’yorda bo‘lgani yaxshi. Baxtli odamlar istagini qanday nazorat qilishni bilishadi. Har qanday xatolarga uchragan taqdirda ham, ularni tuzatishga harakat qiladilar. Ular o‘zlari va o‘z yutuqlari bilan haqli ravishda faxrlanadilar. Ba’zan istaklarimiz, rejadagidek ketmaydi, bu normal holat, har bir narsani nazorat ostida ushlab qolish mumkin emas .

6.Xozirgi vaqtda yashang


Baxtli odamlar yangi mashina, yangi kvartira sotib olaman deb xayol surib qo‘l qovushtirib o‘tirmaydi. Ular o‘z mehnati bilan bunga intiladi va erishadi.

7. Dunyoga o‘z hissangizni qo‘shing

Baxtli bo‘lishni eng yaxshi yo‘llaridan biri –dunyoni o‘zgartirish. Buning uchun insoniyatni qutqarish yoki sunamini to‘xtatish zarur emas. Ba’zan kimlargadir tabbasum, maqtovli so‘z yoki do‘stingizga yordam berish kifoya.

8. Hayotda o‘rganishdan to‘xtamang

Baxtli odamlar qiziquvchan, dunyo yangiliklari va unda yashayotgan odamlarni o‘rganishga, dunyo haqida ko‘proq bilishga intiladi. Biz bilmagan narsalar har doim bor. Hayotga qiziqish insonga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Manba: Mulohaza.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Baxt ulashuvchi 8 odat